
Ko‘p beriladigan savollar (FAQ)
Test-drayvdan o‘tish mumkinmi?
Ha, test-drayv Toyotaning rasmiy dilerlik markazlarida bepul o‘tkaziladi. Bu tanlangan modelning dinamikasi, qulayligi va o‘ziga xos xususiyatlarini shaxsan baholashning ajoyib usuli. Test-drayvni rasmiylashtirish uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi.Avtomobilni kreditga yoki bo‘lib to‘lashga sotib olish mumkinmi?
Ha, bunday imkoniyat mavjud. Shartlar haqida batafsil ma’lumotni saytimizdan yoki rasmiy dilerdan bilib olishingiz mumkin.Toyotaning gibrid avtomobili qanday ishlaydi?
Toyota gibridi benzin dvigateli va elektromotorni birlashtiradi, ular birgalikda ham, bir-biridan mustaqil ham ishlashi mumkin. Avtomobilni rozetkadan zaryadlash shart emas – batareya avtomatik ravishda ikki usulda zaryadlanadi: harakatlanish paytida (benzin dvigateli akkumulyatorni generator orqali zaryadlaydi) va tormozlash paytida (tormozlash energiyasi elektr energiyasiga aylanib, batareyada saqlanadi – rekuperatsiya).Texnik xizmat ko‘rsatish qachon o‘tkazilishi kerak?
Har 10 000 km masofa bosib o‘tilganda yoki har 6 oyda — qaysi biri oldinroq sodir bo‘lishiga qarab texnik xizmat ko‘rsatish tavsiya etiladi. Texnik xizmat ko‘rsatish muddatlarini faqat bosib o‘tilgan masofaga qarab belgilash to‘g‘ri emas. Kilometr ko‘rsatkichi belgilangan darajaga yetmagan bo‘lsa ham, xizmat ko‘rsatish muddatlariga rioya qilish muhim.Bepul texnik xizmat ko‘rsatish mavjudmi?
Ha. Avtomobil xarid qilinganidan keyin dastlabki texnik xizmat ko‘rsatish 1 000 km masofa bosib o‘tilganda yoki 1 oy o‘tgach (qaysi biri oldinroq sodir bo‘lishiga qarab) bepul amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 2025-yil 1-apreldan keyin Toyota rasmiy dilerlaridan xarid qilingan avtomobillar uchun 20 000 km gacha bo‘lgan davrda texnik xizmat ko‘rsatish bepul. Ushbu taklif 10 000 km va 20 000 km dagi (yoki tegishlicha 6 va 12 oy o‘tgach — qaysi biri oldinroq sodir bo‘lishiga qarab) texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.Yangi Toyota avtomobillariga qanday kafolat beriladi?
Kafolat yangi avtomobil birinchi egasiga topshirilgan kundan boshlab 36 oy (3 yil) davomida yoki avtomobilning bosib o‘tgan masofasi 100 000 km ga yetguniga qadar amal qiladi — qaysi biri oldinroq sodir bo‘lishiga qarab. Kafolatning batafsil shartlari avtomobilning kafolat kitobchasida keltirilgan.O‘zbekistonda sotiladigan Toyota avtomobillari qayerda ishlab chiqariladi?
Barcha avtomobillar Markaziy Osiyo mintaqasi uchun maxsus Yaponiyada Toyota Motor Corporation zavodida ishlab chiqariladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaponiyadan yetkazib beriladi.


MIJOZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH XIZMATI
Quyidagi aloqa kanallari orqali mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin:
1867
info@toyota-centralasia.com
09:00 – 18:00
Diqqat! Ushbu bo‘lim faqat Toyota mijozlarining murojaatlari va fikr-mulohazalari uchun mo‘ljallangan. Reklama mazmunidagi xabarlar ko‘rib chiqilmaydi.
Murojaatingiz uchun rahmat!
Kerakli ma’lumotlarni kiriting
CR bo‘limi mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi
Ushbu ma’lumotlarni yuborish orqali siz Maxfiylik siyosatimizga muvofiq shaxsiy ma’lumotlaringiz qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.*
.avif?sv=2026-10-06&se=2094-12-06T19%3A01%3A20Z&sr=b&sp=r&sig=aqBJAPwpOUF0kAa1XkMNIuVr3B%2BC8Q88LPPGjZz9XJY%3D)
.avif?sv=2026-10-06&se=2094-12-06T19%3A01%3A20Z&sr=b&sp=r&sig=4Ayl506NS%2FTB9UR3ARhQWVHxyNwrdOwSkBTvFUasPEI%3D)
.avif?sv=2026-10-06&se=2094-12-06T19%3A01%3A20Z&sr=b&sp=r&sig=JDtUbh4eN3lq4sSu7ra98yzKAFcGhC1l%2Bt%2BtMxV%2BlSg%3D)
.avif?sv=2026-10-06&se=2094-12-06T19%3A01%3A20Z&sr=b&sp=r&sig=WYkO2VuMF8XA8ecWGB7zy6%2B%2BaN8wlML%2B9gygkA6JudI%3D)
.avif?sv=2026-10-06&se=2094-12-06T19%3A01%3A20Z&sr=b&sp=r&sig=E2wycfx22nhGnMJChkPaaFez47EQOr2S4JY9bFrzGSI%3D)
.avif?sv=2026-10-06&se=2094-12-06T19%3A01%3A20Z&sr=b&sp=r&sig=KEqzKE%2FBPfrzqLzePtrOJHpWs1rkarCM0Noq04kEoG8%3D)
.avif?sv=2026-10-06&se=2094-12-06T19%3A01%3A20Z&sr=b&sp=r&sig=r19GiLEqKe%2BEbZXmFFzIfcOOdakm808C%2FwKXGaUzcLY%3D)
.avif?sv=2026-10-06&se=2094-12-06T19%3A01%3A20Z&sr=b&sp=r&sig=IVSE49a%2F7o4WpklBcMaCDWs%2BTRJf74I%2FdktwnItwHbQ%3D)